Shamollash mavsumida qanday qilib shamollamaslik mumkin?

Sovuq mavsum yaqinlashgani sari angina va O‘RVIning oldini olish bo‘yicha maslahatlarni ko‘proq eshitamiz, chunki hech kim shamollashni istamaydi.

Kimdir eng yaxshi yo‘l — bu maxsus ovqatlanish desa, boshqalar turli muolajalarni, nafas mashqlarini, immunomodulyatorlarni tavsiya qilishadi…
Xo‘sh, qaysi birini tanlash kerak?
Mutaxassislar bir necha qismlardan iborat bo‘lgan kompleks yondashuvni tavsiya etishadi.

PNG-sostav-produktov-dla-legkoi-fleksitarnoi-diety

Shamollashga qarshi parhez

Organizmning himoya xususiyatlarini oshiradigan butun bir qator mahsulotlar mavjud. Bularga quyidagilar kiradi: aniq antibakterial va antivirus xususiyatlarga ega oziq-ovqatlar (asal, sarimsoq, piyoz). Shuningdek, C vitamini bilan boy mahsulotlar (sitrus mevalar, brokkoli, rezavorlar). Ichak faoliyatini, demakki, immunitetni yaxshilaydigan mahsulotlar (qatiq mahsulotlari, suli yormasi, lavlagi). Organizmning umumiy tonusini oshirishga yordam beradigan, antioksidantlarga boy mahsulotlar (uzum, ismaloq, kakao, quritilgan olxo‘ri, dolchin).

Burun va tomoqni chayish

Infeksiya organizmga nafas yo‘llari orqali kiradi. Agar ularni muntazam sho‘r suv bilan chayib tursangiz, kasallikka chalinish xavfi bir necha barobar kamayadi. Buning uchun bir choy qoshiq dengiz tuzini bir stakan iliq suvga aralashtirish kerak.
Burunni yuvish uchun maxsus moslamadan foydalaniladi yoki suvni bir burun teshigidan tortib, ikkinchisini berkitib (navbatma-navbat bir necha marta) bajarish mumkin.
Tomoqni yaxshi chayish uchun esa «i» tovushini talaffuz qilish lozim. Shu holatda sho‘r suv bodomsimon bezlargacha yetib boradi.

TON BY Website inline-images-2 0.jpg

portrait-beautiful-asian-woman-stretching-her-body-her-arms-after-she-wake-up-feel-sleepy-her-bedroom-home

Xonani shamollatish

Xonadagi virus va bakteriyalar konsentratsiyasi qanchalik yuqori bo‘lsa, yuqtirish xavfi ham shunchalik katta bo‘ladi. Shu sababli shamollash mavsumida jamoat transporti va odam gavjum joylar ayniqsa xavfli hisoblanadi.
Yashash va ofis xonalarini sog‘lomroq qilish uchun ularni har 2–3 soatda 15–20 daqiqa davomida shamollatish kerak. Ob-havo imkon bersa, deraza oynasini doim ochiq qoldirish maqsadga muvofiq.
Xonadagi havo haddan tashqari isitilmasligi kerak, kunduzgi optimal harorat esa 22–23 °C hisoblanadi.

Nafas mashqlari

Tomoqning mahalliy immunitetini oshirish mumkin – buning uchun bodomsimon bezlarga qon oqimini kuchaytirish va nafas olish tizimi faoliyatini yaxshilash kerak. Buning uchun oddiy, hammaga mos mashqlar mavjud: lotossimon holatda o‘tirish, barcha havoni chiqarib yuborish, nafasni ushlab turib, tilni imkon qadar kuchliroq chiqarib, iyakning pastki qismiga tekkizishga harakat qilish. Shu bilan birga og‘izni keng ochish va bo‘yin mushaklarini taranglashtirish kerak. Shu holatda bir necha soniya qolish, keyin nafas olish va chiqarish kerak. Mashqni 2–3 marta takrorlash lozim.

BNO Global Website Breathing-pic.jpg

small-AdobeStock 1605401329

Tomoq va immunitet uchun fitoterapiya

Tomoq salomatligi nafas olish tizimining mahalliy immunitetini saqlash va butun organizmni himoya qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Shamollash kasalliklarining oldini olish uchun tomoqni o‘simlikka asoslangan dori vositasi Tonzilgon® N yordamida himoya qilish kerak. 7 xil o‘simlikdan tuzilgan muvozanatli formula optimal kompleks ta’sirga ega: tomoqdagi yallig‘lanish va og‘riqni bartaraf etadi, mahalliy va umumiy immunitetni kuchaytiradi, xavfli shamollash mavsumida tomoq kasalliklarining oldini oladi va davolaydi.

Shamollash mavsumida kasallanmaslik uchun kompleks himoyadan foydalaning va salomat bo‘ling!