Farzandingiz bolalar bog‘chasiga boradi!

Farzandingiz bog‘chaga xursandchilik bilan borishini xohlaysizmi? Bu ko‘p jihatdan sizning o‘zingizga bog‘liq!

Uni oldindan tayyorlashni boshlang — shunda moslashuv jarayoni ham farzandingiz uchun, ham siz uchun oson va yengil kechadi.

TON RU Website 2021-01-Related Articles-04 sm.jpg

Bog‘cha uchun eng qulay yosh 3 yosh deb hisoblanadi. Ammo shu paytga kelib bola tayyor bo‘lishi uchun mashg‘ulotlarni 1,5–2 yoshdan boshlab boshlagan ma’qul. Aynan shu davrda bolada onadan ajralish qo‘rquvi kamayadi, qiziqish kuchayadi. Bu paytni qo‘ldan boy bermang! Bolani kattalar hamda tengdoshlar bilan muloqotga asta-sekin o‘rgating.

O‘zingizni ham diqqat bilan kuzating: ehtimol, sizga boladan ajralish undan ko‘ra qiyinroqdir. Agar onada “bog‘cha – bu yaxshi” degan ishonch bo‘lsa, bu ijobiy kayfiyat bolaga ham yuqadi. Aksincha, agar ona avvaldan “balki u ko‘p kasal bo‘lib qolsa, balki uni ranjitsalar” deb qo‘rqsa, bu ham bolaga ta’sir qiladi. Bunday xavotirli onaning bolasiga yangi sharoitga moslashish qiyinroq bo‘ladi.

Ko‘pincha qiyinchiliklar yangi kun tartibi bilan bog‘liq bo‘ladi. Agar hozirgacha bolangizning rejimi bog‘cha tartibidan ancha farq qilgan bo‘lsa (masalan, kech uxlashga yotib, tushgacha uxlab yurgan bo‘lsa), uni bog‘cha jadvaliga moslashtirish kerak. Buni bolani bog‘chaga olib borishdan avval, asta-sekin, kundan kunga bajarish lozim.

Bog‘chaga moslashish ko‘pincha shamollashlarsiz o‘tmaydi. Yuqori kasallanish davri odatda yarim yilcha davom etadi. Stress, boshqa bolalar bilan yaqin muloqot: bola qancha kichik bo‘lsa, uning immun tizimi shuncha zaif va infeksiyalarga shuncha sezgir bo‘ladi. Tez-tez kasallanishning oldini olish uchun chiniqtirishga e’tibor bering: suv muolajalari, ochiq havoda o‘yinlar, jismoniy tarbiya.

Ijobiy kayfiyatdan tashqari, bola o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishi kerak: kiyinish, qoshiqdan foydalanish, tuvakdan (hojat idishidan) foydalanish. Albatta, tarbiyachilar yordam berishadi, lekin uyda bo‘lgani kabi doimiy parvarish bo‘lmaydi. Shuning uchun bola o‘zi qila oladigan ishni uning o‘rniga bajarmang. Sizning yordamingiz o‘rgatuvchi bo‘lishi kerak: “Qo‘y, o‘zim qilaman” emas, balki “Urinib ko‘r – bu ish shunday qilinadi” deb yo‘l-yo‘riq bering.

Nafas yo‘llari kasalliklarining oldini olish usullari orasida o‘simlikka asoslangan dori vositasi – Tonzilgon® N alohida o‘rin tutadi. Tarkibidagi o‘simliklar organizmning umumiy himoya kuchlarini oshiradi, tomoq va bodomsimon bezlarning yallig‘lanish kasalliklarini davolaydi hamda ularning oldini oladi. Bu ayniqsa tez-tez kasallanuvchi, O‘RVIga boshqalarga qaraganda ko‘proq moyil bo‘lgan bolalar uchun juda muhimdir! Tonzilgon® N yordamida profilaktika qilish bolani shamollashdan asraydi, onaga esa yil davomida bolani bog‘chaga bemalol olib borish imkonini beradi!

Farzandingiz salomatligi va muvaffaqiyati – sizning qo‘lingizda!

image 2025-11-17 17-18-31 (2)