Nima uchun tomoq ogʻriydi? Bu anginami?

Mundarija:

  • Anginani davolash xususiyatlari
  • Profilaktika

Bizda, bolalarda ham, kattalarda ham ogʻizda (aniqrogʻi, ogʻiz-halqumda) bodomsimon bezlar mavjud boʻlib, ularning asosiy vazifasi organizmni immun himoya qilishdir. Tanglay bodomsimon bezlari organizmni kasallik qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlardan himoya qilish yoʻlida birinchilardan boʻlib turadi.

Bakteriyalar va viruslar doimiy ravishda tanamizga hujum qiladi. Sogʻlom holatda bodomsimon bezlar oʻz vazifasini bajaradi, lekin ular yalligʻlansa, oʻzlari infeksiya oʻchogʻiga aylanadi.

Image

Bu yoʻl bilan kirgan har qanday infeksiya tomoq ogʻrigʻiga sabab boʻlishi mumkin. Koʻpincha bu virusli infeksiyadir. Bunday holda, yalligʻlanish asta-sekin rivojlanadi. Tanglay bodomsimon bezlarining yalligʻlanishi ilmiy tilda «oʻtkir tonzillit» deb ataladi.

Agar tonzillit bakteriyalar tufayli kelib chiqqan boʻlsa, ogʻriq koʻpincha kuchli, oʻtkir shaklda boshlanadi. Tonzillitni keltirib chiqaradigan eng xavfli bakteriya koʻpincha A guruhidagi beta-gemolitik streptokokk (yoki shifokorlar uni BGS deb atashadi). Aynan BGS sabab boʻlgan tonzillit hozirda angina deb ataladi.

Anginalar har xil turdagi boʻladi, lekin darhol ogohlantirishi kerak boʻlgan dastlabki alomatlar taxminan bir xil:

  • kuchli holsizlik va isitma;
  • tana haroratining koʻtarilishi — 38 °C va undan yuqori;
  • tomoq ogʻrigʻi — u kuch va lokalizatsiya boʻyicha har xil boʻlishi mumkin, baʼzan boʻyin va quloqqa beradi;
  • boʻyinning oldingi tomonida limfa tugunlarining kattalashishi — anginada ular barmoqlar bilan oson paypaslanadi;
  • yoʻtalning yoʻqligi, bodomsimon bezlarning kattalashishi va qoplama (majburiy emas oq, har xil rangda boʻlishi mumkin).

A guruhidagi streptokokk sabab boʻlgan anginani oʻziga xos belgilari boʻyicha aniqlash juda oson. Shifokor tomoqdan surtma oladi va shu zahotiyoq maxsus tester yordamida bakteriyaning mavjudligini aniqlashi mumkin. Bundan tashqari, buni dorixonada sotadigan «Streptatest» testi yordamida mustaqil ravishda amalga oshirish mumkin.

Image

Anginani davolash xususiyatlari

Angina ichish uchun dori-darmonlar va tomoq ogʻrigʻini yoʻqotish uchun mahalliy preparatlarni birlashtirgan holda kompleks tarzda davolanadi. Bemorning ovqatlanishi va rejimi ham katta ahamiyatga ega.

Antibakterial terapiya

Streptokokkli angina faqat antibiotiklar bilan davolanadi. Ularni shifokor kasallikning kechishi va ogʻirlik darajasiga qarab, shuningdek, bemorning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda tanlaydi. Belgilangan preparatning dozasini va qabul qilish sxemasini oʻzgartirish, shuningdek, qabul qilish muddatini qisqartirish qatʼiyan man etiladi.

A guruhidagi streptokokk juda chidamli va bakteriya qayerda boʻlishidan qatʼi nazar, uni butun tanada yoʻq qilish kerak. Buning uchun uzoq muddatli antibiotiklar kursi oʻtkaziladi, odatda kamida 10 kun.

Bunday “zarbli” antibakterial terapiyadan qoʻrqmaslik kerak. Bu angina ogʻir kechayotganini va bemorning ahvoli yomonlashayotganini mutlaqo anglatmaydi. Aslida, antibiotiklar angina bilan emas, balki mumkin boʻlgan asoratlar bilan kurashadi.

Tana ichiga kirib, bodomsimon bezlarga joylashib olgan streptokokk qon oqimi orqali ichki organlar boʻylab sayohatni boshlaydi va koʻplab asoratlarni keltirib chiqaradi. Buyraklar, yurak va boʻgʻinlar uning sevimli nishoniga aylanadi.

Bunga yoʻl qoʻymaslik uchun bakteriyani butunlay va qaytarilmas tarzda yoʻq qilish kerak. Shifokor va bemorda ushbu missiya uchun kasallikning dastlabki yetti kuni bor, sakkizinchi kuni streptokokk boshqa organlarga ta’sir qila boshlaydi va asoratlar uzoq kuttirmaydi.

Tomoq ogʻrigʻini davolash

Angina bilan tomoq ogʻrigʻini imkon qadar tezroq davolash juda muhim, chunki ba’zida u shunchalik kuchli boʻladiki, bemorga yotish ham qiyin boʻladi, yutish va ovqatlanish haqida gapirmasa ham boʻladi. Ogʻriqni kamaytirish va tomoqni davolashga qaratilgan preparatlar yordamga keladi.

Tomoq ogʻrigʻini kompleks simptomatik davolashga tonzillitda eng koʻp buyuriladiganlardan preparatlardan biri – yetti oʻtdan tayyorlangan Тonzilgon® N oʻsimlik preparatidir.

U ogʻriq sindromini kamaytirishga yordam beradi, shuningdek, anginadan qisqa vaqt ichida xalos boʻlishga yordam berib, tomoqni davolaydi. Bundan tashqari, Тоnzilgon® N – bu immunomodulyatsion ta’sirga ega va kasallikning takroriy holatlari ehtimolini kamaytiradigan kompleks preparat.

Preparatning nojoʻya ta’siri yoʻq va boshqa dorilar bilan birga qoʻllash mumkin, shuning uchun agar siz uni antibiotiklar bilan birga qabul qilsangiz, tiklanishni tezlashtirishingiz mumkin. Tonzilgon® N kattalar va 1 yoshdan oshgan bolalarga ruxsat etilgan. Uni qabul qilish qulay – tabletkalar shakli va bolalar ichishi uchun qulay boʻlgan tomchilar shaklida mavjud.

Kattaroq yoshdagi bemorlar shifokor buyurishi mumkin boʻlgan tomoqni chayish bilan birga “Tonzilgon N” ni qabul qilishni birlashtirishlari mumkin. Davolovchi oʻtlar va antiseptiklar bilan chayish mumkin.

Maxsus rejim va dieta

Koʻpgina hollarda kasal boʻlganlar shifokor tavsiyalariga rioya qilib, uyda davolanadilar. Oʻtkir davrda rejim yotoqli boʻlishi kerak, keyin esa shifokor uni yumshatishni zarur deb hisoblaganda, yarim yotoqli boʻlishi kerak. Bemor joylashgan xonani toza, namlik darajasi 50-70% boʻlgan holda saqlash kerak. Xonani vaqti-vaqti bilan shamollatish muhim, bu vaqtda bemorni boshqa xonaga koʻchirish kerak.

Image

Kasallik paytida maxsus dietaga rioya qilish talab qilinmaydi. Oʻtkir davrda, tomoq ogʻrigʻi kuchli boʻlib turganda, barcha bezovta qiluvchi mahsulotlar va taomlarni chiqarib tashlash yaxshiroqdir: achchiq, ziravorli, juda issiq, shuningdek, ogʻriqli tomoqni shikastlashi mumkin boʻlgan (masalan, suyakli baliq, quritilgan non) mahsulotlardan vaqtincha voz kechgan ma’quldir.

Oldini olish

Angina infeksiyasini butunlay yoʻq qilishga imkon beradigan maxsus profilaktika mavjud emas. Ammo agar siz oʻz vaqtida chora koʻrsangiz, kasallik ehtimolini kamaytirishingiz mumkin.

Angina asosan havo-tomchi yoʻli bilan, ya’ni yoʻtalish va aksirish paytida tarqaladi. Xavf, shuningdek, infeksiyalangan odam bilan bir xonada uzoq vaqt boʻlish bilan ortadi. Shuning uchun angina alomatlarini oldini olishning OʻRVIdan farq yoʻq: mavsumiy viruslar davrida gavjum joylarga tashrif buyurishdan saqlaning, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qiling, oilaning kasal a’zolarini izolyatsiya qiling.

Bolalar jamoalarida streptokokkning yuqishi asosan kontakt yoʻli bilan, ya’ni qoʻllar va narsalar orqali kuzatiladi. Profilaktika sifatida bolalar qoʻllari va yuzlarini tez-tez yuvib turishlari, shuningdek, bolalar doimo tegadigan sirtlarni dezinfeksiyalovchi vositalar bilan artib turishlari kerak. Kiyim va oʻyinchoqlarni tez-tez yuvish kerak.

Anginalarning, ayniqsa relapslarning oldini olish uchun chiniqish va sog’lom turmush tarzi muhim ahamiyatga ega. Bolalar va kattalar tez-tez sayr qilishlari, sport bilan shugʻullanishlari kerak.

Oziqlanishga kelsak, vitaminlar va minerallarga boy oziq-ovqatlarga ustunlik berish kerak. Tonzilgon® N preparati ham oʻz hissasini qoʻshadi – uni takroriy xurujlar sonini kamaytirish va umumiy immunitetni mustahkamlash uchun profilaktika maqsadida qabul qilish mumkin.