Tomoq ogʻriganda muzqaymoq mumkinmi?
Mundarija:
- Muzqaymoq tomoq ogʻrigʻiga qanday ta’sir qiladi?
- Tomoq ogʻrigʻini qanday davolash mumkin?
Tomoq ogʻrigʻida muzqaymoq iste’mol qilish haqida koʻplab bahslar boʻlgan. Turli vaqtlarda mutaxassislar bu borada turli xil tavsiyalar berishgan. Misol uchun, ilgari bodomsimon bezlar olib tashlanganidan keyin bemorga tomoqdagi ogʻriqni yoʻqotish va qon ketishini kamaytirish uchun muzqaymoq buyurilgan.
Bugungi kunda shifokorlar oʻtkazilgan tadqiqotlar asosida shunga kelishdiki, tomoq kasalliklarining koʻpida sovuq desert na foyda, na zarar keltiradi. Biroq, ba’zi hollarda istisnolar mavjud, shuning uchun muzqaymoq iste’mol qilishdan oldin, uni aynan sizga mumkinmi yoki yoʻqligini davolovchi shifokordan aniqlashtirib olish kerak.

Muzqaymoq tomoq ogʻrigʻiga qanday ta’sir qiladi?
Viruslar va bakteriyalar issiqlik va namlikni yaxshi koʻradilar – bunday muhitda ularning koʻpayishi yuqori sur’atlarda kechadi. Shuning uchun burun boʻshligʻida va tomoqda immunitet himoyasi zaiflashganda, patogen mikroorganizmlar uchun barcha sharoitlar yaratiladi.
Shu nuqtai nazardan, muzlatilgan mahsulotlarni umuman va hamma sevadigan shirinlikni xususan iste’mol qilish nazariy jihatdan infeksiya tarqalishini sekinlashtirishi kerak. Biroq, amalda hamma narsa unchalik oddiy emas.
Zararli mikroorganizmlarning koʻpayishini toʻxtatish uchun muzqaymoqni yeyishdan koʻra koʻproq vaqt kerak boʻladi. Tanamizga normal ishlash uchun ham issiqlik va namlik kerak. Agar bakteriyalarni oʻldirish umidida birdaniga koʻp muzqaymoq yesangiz, haddan tashqari sovqotish xavfi katta, bu esa kasallikni yanada kuchaytiradi. Shunday qilib, bakteriyalarga qarshi kurashning bunday varianti juda shubhali.
Shamollash kasalliklarda odamlarni sovuq desert iste’mol qilishga undaydigan yana bir sabab – tomoq ogʻrigʻidir. Shunday fikr bor, bunday vosita tomoq ogʻrigʻini tezda tinchlantiradi. Ammo bu yerda hamma narsa bir ma’noli emas.
Haqiqatan ham, muzqaymoq iste’mol qilish paytida yoqimsiz hislar koʻpincha kamayadi, goʻyo muzlaydi. Biroq, bir necha daqiqadan soʻng ogʻriq qaytadi. Faqat maxsus dorilar simptomni yoʻqotishga yordam beradi.
Bundan tashqari, shunday kasalliklar borki, ularda muzqaymoq tomoqni davolash oʻrniga umuman zarar yetkazishi mumkin. Misol uchun, laringit – hiqildoqning yalligʻlanishi, bunda ovoz boylamlari ta’sirlanadi. Bunday holda, sovuq tiklanishga salbiy ta’sir koʻrsatishi mumkin.

Tomoq ogʻrigʻini qanday davolash mumkin?
Davolash tashxisga, alomatni keltirib chiqargan kasallikning ogʻirligiga va boshqa omillarga bogʻliq. Terapiyani odatda LOR-shifokor buyuradi. Ba’zi hollarda patogen bakteriyalarni tez va samarali yoʻq qiladigan antibiotiklar kursi talab qilinishi mumkin.
Tomoq ogʻrigʻi boʻlgan taqdirda antiseptiklar, mahalliy ogʻriq qoldiruvchi vositalar, ba’zan – chayishlar buyuriladi. Ushbu choralar tomoq kasalliklaridan muzqaymoqdan foydalanishdan koʻra ancha ishonchli va xavfsizroqdir.
Shifokorlar koʻpincha oʻsimliklardan tayyorlangan Tonzilgon® N preparatini buyuradilar. Tarkibidagi yetti oʻtning optimal kombinatsiyasi tufayli u kompleks ta’sir koʻrsatadi. Tonzilgon® N yalligʻlanishni bartaraf etadi, tomoqdagi ogʻriqni kamaytiradi va asoratlar rivojlanishining oldini oladi.
Muzqaymoqdan farqli oʻlaroq, preparat nafaqat tomoq ogʻrigʻiga yordam beradi, balki immunitetni mustahkamlovchi xususiyatga ega va kasallikning takroriy holatlari xavfini kamaytiradi. Ichga qabul qilish uchun tabletkalar va tomchilar shaklida ishlab chiqariladi. Tomchilarni 1 yoshdan katta bolalarga berish mumkin.
Muhim: oʻzingizga tashxis qoʻymang va oʻzingizni davolamang, albatta shifokor bilan maslahatlashing.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
- Соловей Н. В., Протасевич Т. С. Топическая терапия острых инфекций верхних дыхательных путей: старая проблема, новые возможности // Международные обзоры: клиническая практика и здоровье. — 2016 — № 1. — С. 35–42.
- Крюков А. И. Проблема болевого синдрома при заболеваниях глотки // Лечащий врач. — 2001. — № 1. — С. 9–11.
- Мерта Дж. Справочник врача общей практики / Пер. с англ. М.: Практика, 1998, С. 642.
- Овчинников А. Ю., Габедава В. А., Овчинников И. А. Опыт лечения воспалительных заболеваний ротоглотки // Фарматека. — 2007. — № 4. — С. 48–52.
