Salomatlik retseptlari
Ko‘pchilik ota-onalar gripp epidemiyasi avj olganida bunga uncha e’tibor qaratmaydi. Bu ko‘pincha onalar uchun bolani viruslardan himoya qilishning imkonsizdek tuyulishi bilan bog‘liq: gripp epidemiyasi haqida eshitib, bolani jamiyatdan butunlay ajratib bo‘lmaydi.
To‘g‘ri, viruslardan yashirinib bo‘lmaydi, ammo bolaning immunitetini mustahkamlash ustida ishlash mumkin – shunda viruslar bolaning organizmida yashab qola olmaydi.
Biz sizga bolalarning immunitetini oshiradigan bir nechta foydali va mazali taomlar retseptlarini taklif etamiz.

“Sehrli” damlama
• 2 stakan brusnika rezavorlari,
• 3 stakan qichitqi o‘t barglari,
• 3 stakan na’matak mevalari.
Ularni maydalab, yaxshilab aralashtiring, ustidan bir stakan qaynoq suv quying. 3-4 soat tindiring, so‘ng suzib oling. Bolaga kuniga 2–3 marta bir stakandan ichirish tavsiya etiladi. Kurs – 1 oy, keyin 1 oy tanaffus qilinadi va yana davom ettiriladi.
Nordon-shirin shirinlik
Taxminan teng miqdorda go‘sht maydalagichdan o‘tkazing:
• quritilgan o‘rik ,
• quritilgan olxo‘ri,
• yong‘oq,
• qizil uzum mayizi,
• po‘sti tozalanmagan limon.
Aralashmaga asal qo‘shing.
Ertalab och qoringa 1 choy qoshiqdan iste’mol qiling. Juda mazali, shuning uchun xohlasa tez-tez yeyish ham mumkin.
Aralashmani shisha bankada, muzlatkichda saqlash kerak.


“Juda mazali” foydali deserti
• 1 stakan yong‘oq,
• 0,5 kg ezilgan klyukva (qizil rezavor),
• 2–3 dona mayda to‘g‘ralgan yashil olma,
• 0,5 kg shakar,
• 0,5 stakan suv.
Aralashmani past olovda qaynashiga qadar pishiring. Shisha bankada saqlang.
Immunitetni mustahkamlash uchun kuniga 1 osh qoshiq iste’mol qilish kifoya. Uni choy bilan desert sifatida ham iste’mol qilish mumkin.
Moychechakli choy
1 choy qoshiq romashkani bir stakan suvda damlab oling. Sovigach, bir qoshiq asal qo‘shing.
Romashkaning faol moddalarini faqat gullaridan olish mumkin – ular efir moylari, shilliq moddalar va flavonoidlarni o‘z ichiga oladi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, Tonzilgon® N tarkibida romashka gullari ekstrakti mavjud bo‘lib, u yallig‘lanishga qarshi va mikroblarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, tarkibidagi boshqa shifobaxsh o‘simliklar bilan birgalikda immunitet himoyasini kuchaytiradi.

