Bolalarda tomoq og‘rig‘i

Ba’zan ota-onalardan «Mening bolamning tomog‘i zaif» degan gapni eshitish mumkin. Ko‘pincha bunday ota-onalar «zaif tomoq»ni muqarrarlik sifatida qabul qilib, yil davomida bir necha marta majburan kasal bolani parvarishlash uchun ta’tilga chiqishadi, bolasi bilan uyda o‘tirishadi va hech narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi, deb umidsizlik bilan xo‘rsinishadi. Bu katta xato. «Zaif tomoq»ni davolash mumkin va davolash kerak!
Tez-tez shamollash bolaning immuniteti pasayganidan dalolat beradi.
Tomog‘i tez-tez og‘riyadigan bolalarda nafaqat umumiy, balki mahalliy immunitet ham pasaygan bo‘ladi. Immunitet past bo‘lsa, organizm bolani o‘rab turgan ko‘plab infeksiyalarga qarshi tura olmaydi. Natijada bola tez-tez kasal bo‘ladi, maktab darslarini qoldiradi va tengdoshlaridan orqada qoladi. Tez-tez shamollash organizmning himoya kuchlarini yanada susaytiradi va asoratlarga olib kelishi mumkin. Zaif bodomsimon bezlar turli bakteriyalar uchun “uy”ga aylanishi va surunkali yallig‘lanishga sabab bo‘lishi mumkin.
Shifokorlar odatda tez-tez kasallanuvchi bolalarga umumiy mustahkamlovchi choralarni tavsiya etishadi: jismoniy mashqlar, chiniqish, toza havoda sayr qilish, vitaminlarga boy ovqatlanish va polivitaminlar qabul qilish. Bu immunitetni mustahkamlashga va shamollash kasalliklari chastotasini kamaytirishga yordam beradi.
Shuningdek, mahalliy himoyani – tomoqda joylashgan bodomsimon bezlarni – mustahkamlash zarurligini ham unutmaslik kerak. Axir ular nafas yo‘llarining birinchi himoyachilari bo‘lib, infeksiyaning butun organizmga tarqalishini to‘xtatadi. “Zaif tomoq”li bola uchun mahalliy immunitetni mustahkamlash juda muhimdir.
Buning uchun o‘simlikka asoslangan dori mavjud – Tonzilgon® N.
Ushbu dori vositasi bilan davolash tomoqdagi og‘riq va yallig‘lanishni yengishga, bolaning immunitetini mustahkamlashga va O‘RVI bilan bog‘liq bo‘lgan tomoq og‘rig‘i paytida asoratlar rivojlanish ehtimolini kamaytirishga yordam beradi.
Bolangizning tomog‘ini himoya qiling – u esa bolangizni ishonchli himoya qiladi!
