Tomoq og‘rig‘i

У женщины болит горло

Nimadir sababdan yoshi ulg‘aygach, odamlar tomoq og‘rig‘iga nisbatan jiddiyroq munosabat bildirmay qo‘yadilar. Masalan, kichkina bolaning tomog‘i og‘risa, ota-onalar darhol shifokorni chaqiradilar va uning barcha tavsiyalariga amal qiladilar. Ammo kattalarda tomoq og‘rig‘i kuzatilganda, ular shifokorga juda kam murojaat qiladilar, ko‘pincha o‘zini-o‘zi davolashni afzal ko‘radilar. Eng yaxshi holatda esa antiseptik pastillarni so‘radilar, antiseptik purkagich sepadilar, tomoqni chayadilar va og‘riqning o‘tib ketishini kutadilar.

Tomoq og‘rig‘ini nega davolash kerakligining 4 sababini ko‘rib chiqamiz:

• Tomoq og‘rig‘i bu oddiy O‘RVI emas, balki o‘tkir tonzillit ekanligini bildiradi. U cho‘zilib ketishi yoki surunkali shaklga o‘tishi mumkin. Demak, «davolash bilan shamollash 7 kunda, davolashsiz esa 1 haftada o‘tadi» degan beparvo gap bu yerda ishlamaydi.
• Tomoq og‘rig‘i – bu bodomsimon bezlarining yallig‘lanishi oqibatidir. Bodomchalar infeksiyaning nafas yo‘llari orqali kirib kelishidan himoya qilish uchun mavjud. Agar bodomchalar yallig‘lansa, demak infeksiya himoya to‘sig‘iga hujum qilmoqda. Uni saqlab qolish uchun ularga yordam kerak.
• Tomoq og‘rig‘i odatda umumiy holsizlik va immunitetning pasayishi bilan kechadi. Davolash choralari immun himoyani tiklashga va kasallikning cho‘zilib ketmasligiga yordam beradi.
• Ba’zilarda har bir shamollashda tomoq og‘rig‘i kuzatiladi. Bu surunkali tonzillit belgilari bo‘lishi mumkin. Organizmda mavjud surunkali yallig‘lanish o‘chog‘i immun tizimini zaiflashtiradi va tez-tez shamollashga sabab bo‘lishi, shuningdek, boshqa a’zolarda ham yallig‘lanish rivojlanishiga yordam berishi mumkin.

Kompleks ta’sirga ega o‘simlik dori vositasi – Tonzilgon® N tomoqdagi og‘riq va yallig‘lanishni yengishga yordam beradi, shuningdek, immunitetni mustahkamlaydi va tomoq og‘rig‘i bilan kechadigan shamollash kasalliklarida asoratlar rivojlanish ehtimolini kamaytiradi.

Tomoq og‘rig‘i boshlanganida nima qilish kerak?
• Shifokorga murojaat qiling va uning ko‘rsatmalariga amal qiling.
• O‘zingizni yaxshiroq his qilganingizdan keyin ham belgilangan davolash kursini to‘xtatmang.
• Davolash tugagach, tomoq to‘liq sog‘ayganiga ishonch hosil qilish va profilaktika bo‘yicha tavsiyalar olish uchun albatta shifokorga qayta murojaat qiling.